Qo‘llanma va shartlar

Saytdan qanday foydalanish va xizmat shartlari.

  1. 1
    Hisob oching

    Google yoki email orqali kiring: email’ga 6 xonali kod keladi. Hisob bo‘lmasa, birinchi kirishda o‘zi ochiladi.

  2. 2
    Balansni to‘ldiring

    «Balans» sahifasida Click, Payme, Paynet, Xazna, Humo, Uzcard yoki USDT (TON) ni tanlang. Summa so‘mda kiritiladi, buyurtma balansdan to‘lanadi.

  3. 3
    O‘yinni tanlang

    «O‘yinlar» sahifasida qidiruvdan foydalaning yoki ro‘yxatdan tanlang. «Paketlar» tugmasi o‘yinning paket va narxlarini ko‘rsatadi.

  4. 4
    ID ni to‘g‘ri kiriting

    O‘yinchi ID (kerak bo‘lsa server yoki zona) ni aniq yozing. Noto‘g‘ri ID ga yetkazilgan buyurtma qaytarilmaydi, shuning uchun «Tekshirish» tugmasi bo‘lsa, undan foydalaning. Telegram Stars va Premium uchun username tekshiriladi.

  5. 5
    Buyurtma bering

    Paketni tanlab, «Sotib olish» ni bosing. Summa balansdan yechiladi. Buyurtmani to‘lash uchun 15 daqiqa beriladi.

  6. 6
    Buyurtmalarni kuzating

    «Buyurtmalarim» sahifasida har buyurtmaning holati ko‘rinadi: to‘langan, yuborilmoqda, yetkazildi yoki qaytarildi. Qaytarilgan bo‘lsa, sababi yoziladi.

  7. 7
    Til va valyuta

    Yuqoridagi tugmalar bilan til va valyutani tanlang. Valyuta faqat narxni ko‘rsatish uchun, to‘lov va balans har doim so‘mda.

  8. 8
    API

    «API» sahifasida (Sozlamalar) kalit oling va buyurtmalarni o‘z botingiz yoki saytingizdan bering. Hujjat: /api.

  9. 9
    Yordam

    Muammo bo‘lsa, Telegram’da @roxiyuz ga buyurtma raqami bilan yozing.

Maxfiylik siyosati