Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 6-oktabr
Qanday ma'lumot olamiz
- Telegram orqali kirsangiz: Telegram ID raqamingiz, ismingiz va profil rasmingiz. Telefon raqamingiz va xabarlaringiz bizga ko'rinmaydi.
- Google orqali kirsangiz: ismingiz va tasdiqlangan email manzilingiz.
- Email bilan ro'yxatdan o'tsangiz: ismingiz, email manzilingiz va parolingizning xeshi (parolning o'zi saqlanmaydi).
- Buyurtma berganda: o'yinchi ID yoki Telegram username, tanlangan paket, summa va buyurtma holati.
- To'lovda: to'lov usuli, summa va to'lov holati. Karta ma'lumotlari to'lov xizmatlarida qayta ishlanadi, ular bizda saqlanmaydi.
Nima uchun ishlatamiz
Hisobingizga kirish, buyurtmani yetkazish, balansni yuritish, buyurtma holatini sizga xabar qilish va muammo bo'lganda yordam berish uchun. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi tomonlarga bermaymiz.
Kimga uzatiladi
Faqat xizmatni bajarish uchun zarur bo'lganda: o'yin va Telegram mahsulotlarini yetkazuvchi hamkorlarga (o'yinchi ID yoki username) va to'lov xizmatlariga (summa va buyurtma raqami).
Cookie
Kirgan holatingizni saqlash, so'rovlarni himoyalash, til, valyuta va mavzu tanlovini eslab qolish uchun cookie ishlatamiz.
Hisobni o'chirish
Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rash uchun Telegram'da @roxiyuz ga yozing.